default MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIYNING ASARLARI VA DUNYO MIQYOSIDAGI O’RNI XUSUSIDA Популярные

Владелец Число скачиваний: 390

Shoira Usmanova

Uzbekistan

Abu Ja’far (Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (arab. أبو عبد الله محمد بن موسی الخوارزمی) - dunyo ilm faniga misilsiz ulkan hissa qo’shgan alloma, Algebra fani va Algoritm terminlarining “otasi”, buyuk matematik, tarixchi, falakkiyotshunos, geograf sifatida butun dunyoga mashhur. Buyuk alloma vatandoshimizning shahsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar nihoyatda kam miqdorda saqlanib qolgan. Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi toʻgʻrisidagi birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant kabi “algebra fanining otasi” degan unvonga sazovor boʻldi. Uning hind raqamlari haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda Gʻarb olamiga oʻnlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi.