pdf O’ZBEKISTONNING YOVVOYI HOLDA O’SADIGAN MEVA O’SIMLIKLARIDAN HALQ XO’JALIKDA FOYDALANISH. Популярные

Владелец Число скачиваний: 436

Raxmatov A.N., OmonovaS.D.

(Qarshi, O’zbekiston)

O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan meva o’simliklari bilan band bo’lgan kattagina maydonlar mavjud. Lekin ular mahsulotining juda kam qismi, ya`ni 10% ga yaqini foydalaniladi. O’zbekistonning tog` va to’qay o’rmonlari yangiligicha iste`mol qilish va qayta ishlash uchun yaroqli bo’lgan meva beradigan yovvoyi holda o’sadigan meva o’simliklari, yong`oq meva va rezavor-meva o’simliklariga juda boy bo’ladi. Ular ko’pchiligining mevasi tarkibida shakar, yog`, oshlovchi va boshqa moddalar bo’ladi. Shuning uchun yovvoyi holda o’sadigan mevalar va rezavor-mevalardan oziq-ovqat sanoatida murabbo, jem, povidlo, sharbat, quruq meva olish, shuningdek, tarkibida har xil vitaminlar va birinchi navbatda askorbin kislota bo’lgan preparat va kontsentratlar tayyorlash uchun keng foydalanish mumkin.