pdf MARK TVEN SATIRASIDA HAJVIYOT VA HAQIQAT UYG‘UNLIGI

Владелец

Низомова Халима

город Карши, республика Узбекистан

“Tom Soyerning boshidan kechirganlari” (1876) romani Mark Tven ijodida yangi davr boshlanganini ko‘rsatadi. Yozuvchi unda Amerika burjua jamiyati voqeligiga emas, balki o‘tmishiga, o‘zining yoshlik vaqtidagi “hayotga, bolalarning sof poetik” dunyosiga murojaat etadi. Shunday bo‘lsa ham, Tom Soyer haqidagi bu roman o‘z zamonasidan qochish degan ma’noni bildirmaydi. Aksincha bu asar Mark Tven realistik mahoratining rivojida ma’lum bir bosqich bo‘lib hisoblanadi. Bolalar hayoti haqidagi bu kitobni yoshlar ham, kattalar ham qiziqib o‘qiydilar, chunki unda insonning ichki dunyosi psixologik jihatdan asoslangan holda real buyoqlarda beriladi.