pdf FARG‘ONA VODIYSI SHAHARLARI HAQIDA ANTIK DAVR MUALLIFLARINING MA'LUMOTLARI

Владелец

Nurmatov Abdujabbor Ne’matjonovich

Namangan, O’zbekiston

O‘rta Osiyo shaharsozligi haqidagi mahalliy yozma manbalarning hozircha deyarli yo‘kligi tufayli yunon-rim yozma manbalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning qimmatli ahamiyatini shunda ko‘rish mumkinki, aynan yunon-rim yozma manbalari O‘rta Osiyo xalqlarining mil. avv. VI asrdan boshlab arab bosqiniga qadar bo‘lgan davri tarixi haqida muhim ma'lumotlar beradi. Ta'kidlash joizki, bu uzoq davr tarixi yunon-rim manbalarida bir xilda yoritilmagan. Ayrim xollarda to‘lik emas, bir-birini inkor etadi va mavhum holatda bo‘lsada, ular hozirgi kunga qadar O‘rta Osiyo qadimgi xalqlari haqidagi tasavvurlarimizni kengayishida asos bo‘lib xizmat qilmoqda.